Astronomiyada
teleskop qo’llana boshlanganining to’rt yuz yilligini
nishonlash maqsadida Xalqaro
astronomik jamiyat (XAJ) 2009 yilni Xalqaro astronomiya
yili (XAY-2009) deb e’lon qilishga qaror qildi. Bu qarorni
YUNESKO
ham qo’llab-quvvatladi va 2007 yil dekabr oyida bo’lib
o’tgan BMT
Bosh Assambleyasida ma’qulladi. XAY-2009
tadbirlari quyidagilarga qaratiladi: ilmiy-tadqiqot ishlariga
jamiyat madadini kuchaytirish, barcha pog’onada ta’lim
sifatini oshirish va yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish
uyg’otish. XAY-2009 tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish
uchun keng doiradagi professional va havaskor astronomlar jalb
etiladi. XAY-2009 tadbirlarini o’tkazishda
asosiy vazifani Xalqaro Astronomik Jamiyat bajaradi, XAY-2009
ning Uzbekistonda milliy, regional va mahalliy tadbirlarini
o’tkazishda Uzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya
instituti muvofiqlashtirish ishlarini bajaradi.