24.12.2007 - 2007
yil 20 dekabrda BMT 62 - Bosh Assambleyasi 2009 yilni Astronomiya
yili deb e'lon qilish haqida rezolutsiya qabul qildi.
Bosh Assambleya
Oltmish ikkinchi sessiya
Ikkinchi qo’mita
Kun tartibining 56(b) punkti
Globallashish va o’zaro bog’liqlik:
Fan va texnika taraqqiyoti maqsadida A/C.2/61/L.256
rezolyutsiyasining loyihasi bo’yicha o’tkazilgan
norasmiy co’rov natijasiga ko’ra Qo’mita
raisining o’rinbosari janob Hasan Ali Salih (Livan)
tomonidan taqdim etilgan Rezolyutsiya loyihasi
2009 yil, Xalqaro astronomiya yili
Bosh Assambleya,
astronomiyaning qadiymiy fundamental fanlardan biri ekanligi
va boshqa fanlar va amaliy tadqiqotlar rivojiga katta hissa
qo’shgani va hozir ham qo’shayotganini hisobga
olib,
astronomik kuzatuvlar fan, falsafa, madaniyat va Koinotning
umumiy kontseptsiyasi rivojiga chuqur ta’sir ko’rsatishini
tan olib,
astronomiya jamiyatning keng qatlamlarida katta qiziqish
uyg’otsada, ko’pincha ushbu fan to’plagan
bilim va ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yo’qligini
ta’kidlab,
har bir xalqning milliy qadriyatlarida osmon, sayyoralar
va yulduzlar bilan bog’liq rivoyat, afsona va an’analari
borligini anglab,
BMT ning ta’lim, fan va madaniyat islari bo’yicha
Bosh konferentsiyasining astronomiya fanining ahamiyati va
uning insoniyat bilimi va taraqqiyotiga qo’shgan hissasiniga
e’tiborni qaratish maqsadida 2009 yilni astronomiya
yili deb e’lon qilishni qo’llab-quvvatlashga chqirgan
2005 yil 19 oktyabrda qabul qilgan 33/C25 rezolyutsiyani ma’qullab,
Xalqaro Astronomik Jamiyat bu tasabbusni 2003 yildan buyon
qo’llab-quvvalayotganligini va yni amalga oshirishda
bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidlab,
astronomiya yilining o’tkazilishi astronomiya va fundamental
fanlarnibg barqaror taraqqiyotdagi favqulodda muhim rol o’ynashi
mumkinligi to’g’risida jamoatchlik xabardorligining
oshishiga ishonch hosil qilib:
1. 2009 yilni Xalqaro astronomiya yili deb e’lon qiladi;
2. Bilashgan Millatlar Tashkilotinining ta’lim, fan
va madaniyat islari bo’yicha tashkilotini Yilni o’tkazish
bo’yicha tashkilotchi va koordinator etib tayinlaydi
va unga ushbu maqsadda BMTning boshqa bo’limlari, Xalqaro
astronomik jamiyat, Evropa janubiy observatoriyasi, va jahonning
turli astronomik jamiyatlari hamda guruhlari bilan hamkorlik
qilishni taklif qiladi, va shu munosabat bilan Yilning o’tkazilishi
doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish erkin badallar, xususan
shahsiy sektor mablaglari hisobigan amalga oshiriladi;
3. Barcha a’zo-mamlakatlar, BMT tizimi va boshqa davlatlarga
Yilni o’tkazishdagi astronomiya fanining o’rni
va ahamiyati bilan jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan
tadbirlarning barcha bosqichlarida ko’mak berish va
astronomik kuzatuvlardan olingan ma’lumotlar hamda bilimlardan
bemalol foydalanish imkoniyatini yaratishga yordamlashishni
tavsiya etadi.
Ushbu hujjatning rus tilidagi nusxasini N0760050
da ko’ring
|