|
|
Samarqandda ilmiy-o'quv observatoriyasining ochilishi (Фотографии)
|
|
|
|
|
|
2006 yilning 29-mart kuni mamlakatimizda Quyoshning qisman tutilish hodisasining guvohi bo’ldik. Aynan shu kuni Samarqand Davlat universiteti astronomik
observatoriyasining birinchi teleskopi qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti astronomlari Samarqand Davlat universiteti talabalariga ko’zgusining
diametri 48 sm bo’lgan "Grubb Parsons" teleskopini sovg’a qilishdi. |
|
Astronomik kuzatishlar ko’p asrlik tarixga ega bo’lgan O’zbekistonimizda xozirgi paytda 4 ta observatoriya mavjud. Bular Qashqadaryo viloyatidagi jahonga
mashhur Balandtog’ Maydanak observatoriyasi, Kitob kenglik stantsiyasi, Astronomiya institutining Toshkent shahridagi observatoriyasi va Jizzax viloyatining Suffa platosida
qurilayotgan RT-70 radio-astronomik observatoriyasi. Bu observatoriyalarning barchasi O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkilotlariga tegishli bo’lib, ular yordamida fundamental
astronomik tadqiqotlar olib boriladi.
|
|
Samarqand astronomik observatoriyasi esa butun O’rta Osiyoda yagona universitet ilmiy-o’quv observatoriyasi bo’ladi. U yerda talabalar o’zlarining
laboratoriya, kurs va diplom loyihalarini bajarishadi. Bundan tashqari, mamlakatimizning astronomiya mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan Oliy O’quv Yurtlari o’qituvchilari
va talabalari professional astronomik teleskopda kuzatuvlar o’tkazishlari mumkin bo’ladi.
|
|
|
|
|