Меню ...
Бизнинг манзил
Ўзбекистон, 100 052
Тошкент шаҳри
Астрономия кўчаси, 33-уй
Тел: +998 71 235-81-02
Факс: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
Perseidlar
Perseidlar – kuzatish uchun eng yaxshi meteor yomg`irlaridan hisoblanib, o`zining pik (ya’ni eng ko`p meteor chiqarish vaqti) nuqtasida soatiga 60 tagacha meteor chiqaradi. Har yili 17-iyuldan to 24-avgustgacha osmonning Persey yulduz turkumi joylashgan sohasida ushbu meteor yomg`iri paydo bo`ladi. Bu yili Perseid meteor yomg`irining “pik” nuqtasi 13-avgustdan 14-avgustga o’tar kechasi kuzatiladi.



Perseid meteor yomg`irlarini Svift-Tattl (Swift-Tuttle) kometasi hosil qiladi.

Perseidlar bu Svift-Tattl kometasini dumidan chiqqan toshlar, muz parchalari va chang zarrachalarini atmosferada yonishi hosilasidir. Svift-Tattl kometasini birinchi bor bir-biridan behabar holda 1862-yil ikkita astronom Lyus Svift (Swift) va Xoras Tattl (Tuttle) aniqlangan. Bu kometa Yerga har 135 yilda bir marta yaqinlashib o`tadi.


Perseid meteor yomg`irini kuztish uchun osmonning shimoli sharqiy qismidan Persey yulduz turkumini topish va sabr qilib kuzatish yetarli. Ushbu meteor yomg`iri osmonning Persey yulduz turkumi sohasida kuzatilganligi sababli ham “perseid”lar deb nomlangan. Persey yulduz turkumini topishni oson usullaridan biri unga yaqin joylashgan Kassiopeya yulduz turkumini topish. Kassiopeya yulduz turkumi “W” harfiga o`xshash bo`lib, osmonda uni topish qiyin emas.


Meteorlarni paydo bo`lishi: sekundiga 60 km tezlik bilan harakatlanib, Yerdan 100 km dan to 70 km gacha atmosferaga kirgan osmon jismlari (kometaning qoldig`i) yonib atmosferada yo’q bo`lib ketadi. Bazi kattaroq o`lchamli meteorlar bir necha sekund davomida yonib o`zidan iz qoldiradi.

Perseidlar bilan bir vaqtining o`zida bizga Akvaridlar va Kaprikornidlar (bular ham meteor yomg`irlari faqat osmonning boshqa-boshqa sohasida paydo bo’lishadi)ni ham kuzatish mumkin. Ularni bir-biridan ajratish oson. Perseidlar oq rangda, Akvaridlar och ko`k (havo rang)rangda, Kaprikornidlar esa sariq yoki olov rangda bo`ladi.
Tayyorlagan: Rajabov Yodgor
Улуғбек номидаги Астрономия институти,