Xush kelibsiz ! |
|
|
O’zbekiston Respublikasi Fanlan akdemiyasi Astronomiya instituti (O’zR FA AI) – nafaqat O’zbekistondagi, balki butun Markaziy
Osiyodagi ko’hna ilm dargohidir. Institut 1873-yilda Toshkent Astronomiya observatoriyasi sifatida tashkil etilgan va 1966-yilda
Astronomiya institutiga aylantirilgan. Sobiq Sovet Ittifoqida muhim astrometrik markaz sifatida mashhur bo’lgan. Sarl Zeiss firmasining
Kitob qo’shaloq astrografi va Toshkentda 1895-yilda o’rnatilgan Normal astrografi yordamida o’tgan asrning 80-yillarigacha olingan
fotografik ma’lumotlar bazasi jahondagi eng noyob va boy to’plamlardan biridir. XIX asr oxiridan AI Xalqaro kenglik xizmati safiga qo’shilgan.
AIning Kitob Stantsiyasi ILS tizimining beshta stantsiyasidan biri bo’lgan. Bugngi kunda Kitob Stantsiyasida GPS yo’ldosh navigatsion
tizimining yerdagi stantsiyasi o’rnatilgan.
|
Hozirgi paytda AIda bajarilayotgan tadqiqotlar asosan Samarqand shahridan 120 km janubda joylashgan Maydanak astronomik observatoriyasida olingan
kuzatuv ma’lumotlarga asoslangan. Observatoriya Pamir-Oloy tog’ tizimining g’arbiy tizmalarida dengiz sathidan 2700 m balandlikda joylashgan.
Maydanak observatoriyasi o’zining yuqori sifatli atmosfera sharoiti va Kanar va Gavay orollaridagi asosiy astronomik observatoriyalar o’rtasidagi
geografik joylashuvi bilan juda ham noyobdir. Bu Maydanakni astrofizik ob’yektlarni muntazam kuzatishdagi muhim punktga aylantiradi.
|
|
So’nggi yangiliklar |
|
|
|
|
2024-10-14 |
2024-yil 16-oktabr, chorshanba, soat 15:00 da OʻzR FA Astronomiya institutining umuminstitut seminari boʻlib oʻtadi.
KUN TARTIBI: 01.03.01-Astronomiya mutaxassisligi boʻyicha fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya materiallari asosida tayyorlangan «Suffa yassi tog`i atmosferasining meteorologik, optik va radiofizik parametrlarini tadqiq etish» mavzusidagi ma’ruzasi.
Ma’ruzachi: Raupov Dilshod Almasovich (Астрономический институт АН РУз).
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d. S.P. Ilyasov.
Taqrizchilar:
1. f.-m.f.d. R. Karimov (AI).
2. f.-m.f.d. T.A. Axunov (OʻzMU).
|
|
2024-09-13 |
Astronomiya instituti 2025-2027 o‘quv yillari uchun «01.03.01 – Astronomiya» mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga o‘qishga, 2025 yilga stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlanganligini e’lon qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsion rivojlanish Vazirligi Astronomiya institutiga tayanch doktorantuga uchun 2 ta o‘rin va stajyor-tadqiqotchilikka 1 o‘rin ajratgan.
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi https://daraja.ilmiy.uz orqali onlayn rejimda qabul qilinadi, 2025 yilning 1 kvartaliga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatlarning asl nusxalari, ular tizimga yuklanish oldidan qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Tayanch doktoranturaga mutaxassisli bo’yicha kirish imtihonlari 2024 yil noyabr oyining birinchi yarmida O’zR FA Astronomiya institutida (Toshkent, Astronomiya ko’chasi, 33-uy) o’tkaziladi.
O’zR FA AI qabul komissiyasining telefoni: 998-71-234-03-52
Kvotalar soni: 01.03.01 –Astronomiya 2 ta tayanch doktorantura, 1 ta stajor-tadqiqotchilik uchun o‘rinlar ajratilgan.
(batafsil ...)
Tayanch doktorantura (PhD)
Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik bosqichida oʼqishga talabgor boʻlganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
- 1. Ariza.
- 2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha; oʻzbek va rus tillarida) va 3x4 sm. hajmdagi 4 ta fotosurat.
- 3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- 4. Oliy taʼlim muassasasi bakalavriat, magistratura diplomi nusxalari.
- 5. Nashr etilgan ilmiy ishlarning tasdiqlangan roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- 6. Pasport nusxasi.
- 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
- 8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat В1.
Talabgorlar chet tilidan sertifikat taqdim etgandan soʻng, ixtisoslik boʻyicha kirish imtihonini topshiradilar. Stajyor-tadqiqotchilikka esa suhbat asosida qabul qilinadi. Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.
Eslatma: hujjatlarning aslini tizimga yuklashdan avval qabul hay’atiga koʻrsatib olish tavsiya etiladi. Manzil: Toshkent sh., Astronomicheskaya koʻchasi, 33-uy. Tel.: (71) 234-03-52
Ilmiy kotibi: Ibragimov I.A.
|
|
2024-07-30 |
2024-yil 23-avgust kuni soat 11:00 da OʻzR FA Astronomiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.02/30.12.2019.FM.15.01 raqamli Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib o’tadi.
KUN TARTIBI:
Ergashev Kamoliddin Eshtursunovichning 01.03.01 – Astronomiya ixtisosligida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Quyosh tizimi kichik jismlarining orbital va fizik parametrlarini tadqiq etish» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi.
Ish OʻzR FA Astronomiya institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: Fizika-matematika fanlari doktori, akademik Egamberdiyev Shuhrat Abdumannapovich.
Yetakchi tashkilot: Fesenkov nomidagi Astrofizika Instituti, Qozogʻiston.
Rasmiy opponentlar:
Fizika-matematika fanlari doktori Axunov Tal’at Axmatovich
Falsafa doktori (PhD) Yoʻldoshev Qudratillo Xabibullayevich
Ilmiy kengash kotibi: Fizika-matematika fanlari nomzodi I.A. Ibragimov
|
|
2024-07-26 |
16 августа 2024 года, в 11-00 часов в актовом зале Астрономического института АН РУз состоится заседание Научного совета PhD.02/30.12.2019.FM.15.01 по присуждению ученых степеней при Астрономическом институте АН РУз.
ПОВЕСТКА ДНЯ: Защита диссертационной работы Халиковой Алины Валерьевны «Поиск и анализ переменных звезд с использованием методов машинного обучения по наблюдениям на обсерватории Майданак», представленной на соискание ученой степени доктора философии (PhD) по специальности «01.03.01 – Астрономия».
Работа выполнена в Астрономическом институте АН РУз.
Научный руководитель: д.ф.-м.н., акад. Ш.А. Эгамбердиев
Ведущая организация: ГАИШ МГУ (Россия)
Официальные оппоненты:
1. Зав. отд. физики звезд ФГБУН, д.ф.-м.н. Гранкин К.Н. (КрАО РАН)
2. PhD, с.н.с. Д.О. Мирзакулов (АИ АН РУз)
Ученый секретарь Научного совета: к.ф.-м.н., И.А. Ибрагимов
|
|
To'lin Oy |
22-iyun kuni dunyo vaqti (UTC) bilan 01:07 da yoki Toshkent vaqti bilan 06:07 da to'lin Oy hosisasi sodir bo'ladi. Bunda Oy o'z orbitasida Quyosh va Yerga nisbatan qarama-qarshi nuqtada joylashadi (ya'ni Quyosh Yer va Oy) hamda Oyning Yerga qaragan yuzasi Quyosh nurlari bilan to'la yoritiladi. Ushbu toʻlin Oyni dastlabki amerikalik qabilalar Qulupnay oyi deb ham atashgan, chunki aynan shu hodisa pishgan mevalarni yigʻish uchun yilning vaqtini bildirgan. Bundan tashqari, qulupnay yig'im-terim mavsumining eng qizg'in pallasiga to'g'ri kelgan. Bundan tashqari ushbu to'lin oy hodisasi atirgul oyi va asal oyi sifatida ham tanilgan.
|
|
Yozgi Quyosh turish hosisasi |
2024-yil 20-iyun kuni dunyo vaqti (UTC) bilan 20:46 da yoki 21-iyun 01:46 Toshkent vaqti bilan Yozgi Quyosh turish hodisasi sodir bo'ladi.
Yozgi Quyosh turish hodisasi har yili yoz faslida takrorladigan astronomik hodisa bo'lib, Yerning shimoliy yarim sharidagi aholi uchun yil davomidagi eng uzun kun va eng qisqa tun bo'ladi. Janubiy yarim sharda esa bu hodisaning aksi (eng qisqa kun va eng uzun tun) kuzatiladi.
|
|
2024-06-15 |
2024-yil 20-iyun, payshanba kuni soat 15:00 da O‘zR FA Astronomiya instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.02/20.12.2019.FM.15.01 Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
01.03.01-Astronomiya mutaxassisligida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya materiallari asosida tayyorlangan «Quyosh tizimi kichik jismlarining orbital va fizik parametrlarini tadqiq etish» mavzusidagi seminar.
Talabgor: ERGASHEV KAMOLIDDIN ESHTURSUNOVICH
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d., akad. Sh.A. Egamberdiyev
Taqrizchilar:
f.-m.f.b. Ph.D. Q.X. Yo’ldoshev (AI)
F.-m.f.d. T.A. Axunov (OʻzMU)
Ilmiy seminar kotibi: f.-m.f.b. Ph.D. O. Raximov
|
|
Diqqat! Magnit bo’roni! |
Dastlabki prognozlarga ko’ra 2024-yilning 11-may kuni Yerda juda kuchli magnit bo’ronlari kuzatilishi mumkin. Magnit bo‘ronining kuchi Kp indeksida 8.33 gacha teng bo’lishi kutilmoqda. Magnit bo’roni kuchayishi 10-12-may kunlariga to’g’ri kelishi (rasmga qarang) va 11-may kuni kun davomida saqlanib turishi kutilmoqda. Kutilayotgan magnit bo’roni me’yordan yuqorida, ya’ni kuchli hisoblangani uchun, magnit bo’roniga ta’sirchan, yurak qon-tomir kasalliklari bilan og’riydigan insonlardan ehtiyot choralarini ko’rish va dori-darmonlarini o’z vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Yana shuni ham ta’kidlamoqchimizki, oxirgi paytlarda magnit bo’roni bilan bog’liq shov-shuvlar ko’paygan. Bu, albatta, ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan bog’liq. Magnit bo’ronlari avval ham bo’lib kelgan va bundan keyin ham davom etadi. Shuning uchun ortiqcha vahimaga berilish to’g’ri bo’lmaydi.
|
|
QUYOSH GEOMAGNETIK FAOLIYATNING HOZIRGI HOLATI VA PROGNOZI |
So'nggi 24 soat ichida Quyosh faolligi yuqori bo'ldi. Quyosh ko’rinma sirtida 9 ta faol sohani kuzatish mumkin. Quyosh shimoliy yarim sharining 26° kengligidan g'arbda AR13663 raqamli faol sohada 2 ta X sinfdagi va 7 ta M sinfdagi chaqnashlar qayd etildi.
(batafsil ...)
Keyingi 3 kun ichida katta ehtimollik bilan M va undan yuqori sinfga mos keluchi chaqnashlar kutilmoqda.
Shuni eslatib o'tamizki, biz hozir Quyosh faolligi 25-chi davrining ko'tarilayotgan fazasidamiz. 2024-yil oʻrtasidan 2025-yilning boshiga qadar kutilayotgan maksimal faollikka yaqinlashganda, chaqnashlar soni va intensivligi ortadi. Bu jarayon davriy bo'lib, o’rtacha 11 yilda takrorlanadi. Quyoshda sodir bo'layotgan jarayonlarning o’ta murakkabligi tufayli, Quyosh chaqnashlarining 12 soatdan ko’proq vaqt uchun prognozlari aniqligi ancha past hisoblanadi.
Izoh:
X-sinf – katta, butun sayyorada radio to’lqinlarga ta’sir etuvchi, shuningdek, uzoq davom etadigan magnit bo'ronlarini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan chaqnashlar.
M-sinf – o'rtacha o'lchamdagi, qutbli mintaqalarda qisqa aloqa uzilishlariga olib keluvchi, ba'zida kichik magnit bo'ronlari paydo qiluvchi chaqnashlar.
C sinf – kichik, sayyoramiz uchun xavfli ta’siri deyarli bo’lmagan chaqnashlar.
|
|
2024-04-25 |
В понедельник, 6 мая 2024 года, в 15-00 часов состоится заседание Научного семинара при Научном совете PhD.02/20.12.2019.FM.15.01 по присуждению ученых степеней при Астрономическом институте АН РУз.
ПОВЕСТКА ДНЯ:
Обсуждение диссертационной работы Халиковой Алины Валерьевны «Поиск и анализ переменных звезд с использованием методов машинного обучения по наблюдениям на обсерватории Майданак», представленной на соискание ученой степени доктора философии (PhD) по специальности «01.03.01 – Астрономия».
Научный руководитель: д.ф.-м.н., акад. Ш.А. Эгамбердиев
Рецензенты:
1. Зав. отд. физики звезд ФГБУН, д.ф.-м.н. Гранкин К.Н. (КрАО РАН)
2. PhD, с.н.с. Д.О. Мирзакулов (АИ АН РУз)
Ученый секретарь научного семинара при научном совете:
к.ф.-м.н., О. Рахимов
|
|
To’linoy fazasi |
Aprel oyining 24-sanasida soat ertalab 04:14 da, Oy osmonning Janubi-sharqiy tomonida, gorizontdan taxminan 11° yuqorida bo’lganida to’linoy fazasi boshlanadi, biroq bizning ko‘zimizning farqlash qobiliyati yetarlicha yuqori bo’lmagani sababli 23-sanada kechki payt Oyning to’linoy fazasini boshlangandek ko’rinadi. Ma’lumki, ushbu hodisa sayyoramiz Quyosh va Oy oʻrtasida joylashgan paytda sodir boʻladi va bunda Quyosh nurlarini akslantiradigan Oy to’liq doira shaklini oladi. Xalqimiz orasida 14 kunlik oy deb ham ataluvchi ushbu hodisa yangioy fazasidan keyin 14-15-kunlar oralig‘ida sodir bo'ladi.
Qo’shimcha qilib shuni ta’kidlash mumkinki, To'linoylarga qadimdan nomlar qo'yish odat tusiga kirgan bo'lib, Aprel oyida sodir bo'ladigan To'linoy hodisasiga Pushti Oy (Pink Moon) deb nom berilgan. Bunday nom berilishiga sabab To'linoy sodir bo'lgan vaqtda uning rangi Shimoliy Amerika hududlarida bahor oylarida gullaydigan pushti yavvoyi Floks gulining rangiga qiyoslangan.
|
|
Meteor yomg'irlari |
Shu kunlarda sayyoramiz har yili kuzatiladigan "Lyrid" meteor yomg'irlari hosil bo'ladigan hududdan o'tmoqda. Lyrid meteor yomg'irlari bundan 2700 yil avval ham kuzatilgani manbalarda keladi. Ushbu meteor yomg'irining intensivligi u qadar katta emas, soatiga 18 tagacha chaqnash kuzatilishi mumkin. Ammo bu safar To'lin Oy nurlari meteor yomg'irini mazza qilib tomosha qilishingizga halal berishi mumkin.
|
|
12P/Pons-Brooks KOMETASI ! |
Kometa birinchi marta 1812-yilda aniqlangan va shundan buyon har 71 yilda o'z orbityasining Quyoshga eng yaqin bo'lgan "perigeliy" nuqtasiga qaytib keladi. Shu kunlarda u yana o'sha Quyoshga eng yaqin nuqtadan o'tmoqda.
Fazoda Quyosh-Yer-Kometa joylashuvining noqulay geometriyasi sabab, hozirda uni kuzatish juda mushkul. Quyosh botganda bir necha daqiqa, shunda ham faqat teleskop yoki kuchli durbin vositasida ko'rish mumkin. Yana bir necha kundan so'ng esa, bizning geografik kengliklardan kuzatishning umuman iloji bo'lmay qoladi.
|
|
ВАТАНДОШ КОСМОНАВТЛАРИМИЗ |
Шарипов Солижон Шокирович 1964 йил 24 августда Қирғизистоннинг Ўш вилояти- даги Ўзган шаҳрида туғилган. 1982 йил- да Андижон ўрта махсус касб-ҳунар билим юртини тугатган. 1987 йилда Харьков олий ҳарбий авиация билим юртини тугатиб, учувчи-муҳандис дипломи- ни олган. 1987‑1990 йилларда у Тоқмоқ шаҳридаги Ўрта Осиё ҳарбий округи ҳаво кучлари авиацияси кадрлар тайёрлаш Марказида учувчи инструктор бўлиб ишлаган.
(batafsil ...)
|
|
ВАТАНДОШ КОСМОНАВТЛАРИМИЗ |
Джанибеков Владимир Александрович 1942 йил 13 майда Тошкент вилояти, Бўстонлиқ тумани, Искандар қишлоғида туғилган. 1960 йилда Тошкент cуворовчилар ҳарбий билим юртини олтин медаль билан тугатган.
У 1970 йилда космонавтлар тайёрлаш Марка- зининг отрядига қабул қилинган. «Салют» русумли орбитал станцияларда кема командири ва «Союз» русумли кемаларда учишга тайёргарликнинг тўлиқ курсларини ўтган.
(batafsil ...)
|
|
ЮРИЙ ГАГАРИН – ЕР САЙЁРАСИНИНГ БИРИНЧИ ФАЗОГИРИ |
1961 йил 12 апрелда Москва вақти билан соат 9 дан 7 дақиқа ўтганда «Восток» космик кемаси Бойқўнғир космодромидан тарихда илк бор фа- зога инсонни олиб чиқди. Ер сайёрасининг биринчи космонавти деган шарафли унвон Юрий Алексее- вич Гагаринга насиб этди!
(batafsil ...)
|
|
12-aprel - Kosmonavtika kuni |
1961-yil shu kuni Sovet kosmonavti Yuriy Gagarin insoniyat tarixidagi kosmosga birinchi parvozni amalga oshirdi. Bu yil ushbu hodisaga 63 yil to’ladi.
"Vostok" sun'iy yo'ldosh kemasida Qozog’istonning Baykonur kosmodromidan parvozni amalga oshirib, Yer atrofida bir marta aylanib chiqib, Saratov viloyatiga muvaffaqiyatli qo'ndi. Koinotga parvozi uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
(batafsil ...)
Insoniyatning koinotga ilk qadami sifatida nishonlanadigan ushbu kun mamlakatimizda ham alohida e’tirof etiladi. Sababi O'zbekiston ushbu sohani rivojlantirishga sezilarli hissa qo'shgan. Baykonur kosmodromi qurilishida o'zbeklar faol ishtirok etishgan. U yerga bizning aloqachilarimiz, quruvchilarimiz va boshqa mutaxassislarimiz yuborilgan.
O'zbekiston kosmonavtlari fazoni tadqiq etishning dastlabki kunlaridanoq soha rivojiga munosib hissa qo'shdilar. Mashhur kosmonavtlar Vladimir Janibekov - fazoda besh marta bo'lgan birinchi O'zbekiston kosmonavti bo’lib, ikki karra xalq Qahramoni, aviatsiya general-mayori hisoblanadi. Solijon Sharipov esa fazoda 203 kunni o'tkazgan, aviatsiya polkovniki, eng yuqori Amir Temur va "Buyuk xizmatlari uchun" o'zbek ordenlari bilan mukofotlangan. Ilmiy ishlari xalqaro miqyosda tan olingan olimlar orasida Shavkat Axadovich Vohidovning ismini alohida ta'kidlash lozim. Hamyurtimiz fazoviy muhandislikni yaratish va rivojlantirishda ulkan yutuqlarga erishgan.
|
|
Aprel oyida turli osmon jismlarining o’zaro yaqinlashishlari |
Bizning atrofimizda deyarli har kuni astronomik hodisalar yuz beradi. Biz ularni joylashgan yerimiz, Quyosh nurlari, va shunga o’xshash sabablar tufayli kuzata olmaymiz yoki etibor bermaymiz.
(batafsil ...)
Aprel oyi ko’pgina yaqinlashish hodisalariga boy bo’lib, jumladan 3-aprelda Neptun - Venera, 6-aprelda Oy – Mars – Saturn, 10-aprelda Mars – Saturn, 21-aprelda Uran – Yupiter, 29-aprelda esa Neptun - Mars yaqinlashish hodisalari yuz beradi.
Neptun va Uran singari olis sayyoralarning osmunda xira bo’lib ko’ringani bois oddiy ko’z bilan ularni ilg’ash qiyin. Shu sababli bu kabi hodisalarni kuzatganda maxsus optik asboblar: teleskoplar, durbinlardan foydalangan ma’qul.
|
|
Yangi Oy fazasi |
2024-yil Aprel oyida sodir bo'ladigan muhim Astronomik hodisalardan biri bu yangi Oy hodisasidir. Yangi Oy 2024-yil 8-aprel sanasida dunyo vaqti bilan 18:21 ga, ya'ni Toshkent vaqti bilan 23:21 ga to'g'ri keladi.
(batafsil ...)
9-aprel sanasida Toshkenda Quyosh botish vaqti 19:01 ga to'g'ri keladi va bu vaqtda Oyning yoshi 20 soat bo'ladi. Bizning geografik joylashuvimizga ko'ra yangi Oyning ko'rinishi uchun uning yoshi 28 soat va Quyosh botgandan keyin gorizontdan balandligi 8 daraja yuqorida bo'lishi lozim, shu shartlarga asosan 9-aprel sanasida bizning geografik sharoitimizda Hilolni ko'rish biroz mushkullik tug’diradi. Chunki bu paytda Oy Quyosh botgandan so’ng gorizontga nisbatan 8 darajadan pastroqda bo’ladi.
P.S. Ramazon oyi boshlanishi yoki Hayit kunlarini belgilash kabi vazifalar Astronomiya institutining vakolatiga kirmaydi!
|
|
2024-yil 8-aprel kuni Quyosh tutiladi |
Shu yilning 8-aprel kuni Yer aholisi noyob astronomik hodisalardan bo’lgan to’liq Quyosh tutilishi hodisasining guvohi bo’lishi mumkin. Bunda Oy Quyosh gardishini to’liq to’sadi va atrof bir necha daqiqa qorong’u holatga kiradi.
(batafsil ...)
Quyosh tutilishi hodisasi dunyo vaqti bilan 16:38 da boshlanadi va Oy Quyoshni to’sishni boshlaydi. Bu vaqt Toshkent vaqti bilan 21:38 ga to’g’ri keladi hamda bizda Quyosh botgan bo’ladi. Maksimal tutilish dunyo vaqti bilan 18:18 da sodir bo’ladi (Toshkent vaqti bilan 23:18). Bu vaqtga kelib Oy Quyosh yuzasini to’liq to’sadi va shundan so’ng Oy Quyosh gardishidan chiqib boradi. Quyosh tutilishi dunyo vaqti bilan 19:55 da tugaydi (Toshkent vaqti bilan 00:55), ya’ni bunda Oy Quyosh gardishidan to’liq chiqib ketadi. Tutilishning to’liq davomiyligi 3 soat 17 daqiqani tashkil qiladi.
Oy soyasining yerga tushadigan qismining diametri 200 km ga yaqin bo’lganligi uchun va soya ma’lum bir hududlarga tushganligi sababli ushbu Quyosh tutilishi dunyoning ayrim hududlarda kuzatiladi xolos. Jumladan, Amerika Qoshma Shtatlari, Kanada va Meksikada to’liq tutilish kuzatiladi. Shuningdek, Kuba, Domenikan Respublikasi, Puerto Riko, Yamayka, Kolumbiya, Norvegiya, Islandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismlari, Ispaniya va Portugaliyaning shimoliy-gʻarbiy qismlari, Kanar orollari kabi hududlarda ham qisman tutilishni kuzatish mumkin. Ushbu mamlakatlardagi vatandoshlarimiz bu noyob hodisani kuzatishlari mumkin.
Afsuski bizning yurtimizda bu hodisa ko'rinmaydi.
|
|
YARIM SOYALI OY TUTILISHI |
Ertaga, shu yilning 25-martida yarim soyali Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Bu hodisa O’zbekiston hududida ko’rinmaydi. Tutilish Toshkent vaqti bilan 09:53 da boshlanadi va 14:32 da tamom bo’ladi. Tutilish maksimumi soat 12:13 ga to’g’ri keladi.
Ushbu Oy tutilishining hech bo'lmaganda ba'zi qismlarini ko'radigan mintaqalar: Yevropaning katta qismi, Shimoliy-Sharqiy Osiyo, Avstraliyaning katta qismi, Afrikaning katta qismi, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Tinch okeani, Atlantika, Arktika, Antarktida.
(batafsil ...)
Quyosh tuilishidan farqli ravishda, Oy tutilish davomida ko‘rinib turadi. To‘liq Oy tutilishi vaqtida oy yuzasi qizil yorug‘lik sochadi va uzoq vaqt shu holatda bo‘ladi. Qisman Oy tutilishi vaqtida esa oyning ma’lum bir qismi qoramtir to‘q qizil tusga kiradi. Bu ikkla shakldagi Oy tutilishini oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Yarim soyali Oy tutilishi deb Yer sayyorasining yarim soyasini Oy kesib o‘tishi jarayoniga aytiladi.
Odatda Yarim soyali Oy tutilishi vaqtida bu hodisani oddiy ko‘zda ilg‘ash qiyin bo‘ladi.
Navbatdagi Oy tutilishi 2024-yilning 18-sentyabrida sodir bo’ladi. Bu tutilish qisman tutilish bo’ladi, lekin bu safar ham u O’zbekistondan ko’rinmaydi.
|
|
Bahorgi tengkunlik |
Odatda 21-martni bahorgi tengkunlik sifatida qaraymiz. Aslida tengkunlik bu Quyosh orbitasi – ekliptikaning osmon ekvatori bilan keshishgan nuqta bo’lib, taqvimda 21-martdan 1 kunga farq qilishi mumkin. Kesishish so’zini Quyosh shu nuqtadan boshlab to kuzgi tengkunlik nuqtasigacha Yer sharining shimoliy yarimsharini ko’proq isitishi bilan tushuntirish mumkin. Ya’ni shimoliy yarimsharda yozga, janubiy yarimsharda esa qishga o’tish bo’ladi. Kuzgi tengkunlik nuqtasidan esa, aksincha, shimoliy yarimsharda qishga, janubiy yarimsharda yozga o’tish ro’y beradi.
(batafsil ...)
Kun va tunning davomiyligi teng bo’ladigan bu yilgi bahorgi tengkunlik 20-mart soat 08:06 ga to’g’ri keldi.
Bundan tashqari 21-mart kuni yana bir astronomik hodisa – Saturn hamda Zuhro yulduzi nomi bilan mashhur Venera sayyoralari bir-biriga yaqin burchak masofada bo’ladi. Hodisani sharqiy gorizontdan biroz yuqoriroqda, Quyosh chiqishidan avval kichik teleskop yoki durbin yordamida kuzatish mumkin.
|
|
Yupiter va Oy yaqinlashuvi |
Yupiter sayyorasining Oy yaqinida navbatdagi ko’rinish hodisasi 14-mart kuni sodir bo’ladi. Bunda Yupiter va Oy bir-biriga juda yaqin burchak masofada bo’ladi.
(batafsil ...)
Eng yaqin kelish vaqti Toshkent vaqti bilan soat tongi 3:44 ga to’g’ri keladi va ular orasidagi burchak masofa 3°19’ ga teng bo’ladi. Lekin bu vaqtda Oy va Yupiter gorizontdan pastda bo’lganligi sababli bu hodisani kuzatib bo’lmaydi.
Bu paytda Oyning yorqinligi -9.5 (16.6 foiz yoritilganlik) va Yupiterning yorqinligi -2.1 yulduz kattaligi*ni tashkil etadi. Agar ob-havo sharoitlari imkon bersa, hodisani oddiy ko’z bilan sal oldinroq, ya’ni 13-mart tunda Quyosh botgandan so’ng g’arb tomonda gorizontda 15-20° yuqorida kuzatish mumkin. Bu vaqtda har ikkala osmon jismlari orasidagi burchak masofa 6° ni tashkil qiladi.
* Yulduz kattaligi kichik bo’lsa yorqinroq, katta bo’lsa xiraroq ko’rinadi.
|
|
2024-03-10 |
Yangi Oyning tug’ilishi dunyo vaqti bilan bugun, yaʼni 2024-yil 10-mart kuni Dunyo vaqti bilan soat 09:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 10-mart soat 14:00 da sodir bo’ladi. Toshkentda Quyosh botishi 18:24 ga to’g’ri keladi va bu vaqtda Oyning yoshi taxminan 4,5 soat bo’ladi va bu paytda Oy deyarli gorizontda boʻlganligi sabab koʻrish imkonsiz. 11-mart kuni 18:25 da Quyosh botgan vaqtda Oyning Yoshi 28,5 soat, gorizontdan balandigi 11⁰ ni tashkil qiladi va agar bulutsiz osmon bo’lsa, Oyni yaqqol ko’rish mumkin bo’ladi. Bizning kenglamamizda Hilolni (Oyning birinchi kungi ko’rinishi) kuzatish uchun quyidagi shart bajarilishi kerak, ya’ni Oyning yoshi 28 soat va uning gorizontdan balandligi 8 daraja yuqorida bo’lishi lozim.
|
|
Venera, Mars va Oy uchburchagi |
Joriy yilning 8-mart kuni Venera, Mars va Oy Tog‘ echkisi yulduz turkumida uchburchak uchlarini hosil qiladi. Bunda Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan bu ikki sayyora va Yerning tabiiy to‘ldoshi - Oy bir-biriga juda yaqin burchak masofada ko’rinadi.
(batafsil ...)
Toshkent vaqti bilan soat 22:01 da sharqda va 23:56 da g’arbda Veneraning Oyga hamda 09:59 da sharqda va 11:51 da g’arbda Marsning Oyga eng burchak masofalarda bo’ladi. Biroq bu hodisa Yangi Oy fazasiga yaqin sodir bo’lganligi sababli oddiy ko'z bilan kuzatish imkoni mavjud emas!
Izoh: Rasmda keltirilgan uchlik 8-mart tongda - Quyosh chiqishidan biroz avvalgi ko'rinishdir.
|