Menu ...
Bizning manzil
O’zbekiston, 100052
Toshkent shahri
Astronomiya ko’chasi, 33-uy
Tel: +998 71 235-81-02
Faks: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
Spacecom loyihasi doirasidagi seminar

2023-yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida Spacecom (Erasmus+) loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda oltita oliy o‘quv yurti: Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.


Seminarda Astronomiya institutidan loyiha ishtirokchilari Y.A. Tillayev, N.V. Karachik va E.R. Semakovalar so‘zga chiqdilar. Ular Quyoshdagi tadqiqotlar, Quyosh jarayonlarining Yer atrofidagi sun'iy yo'ldoshlarga ta'siri, ilmiy tadqiqotlarda va amaliy vazifalarda Yer va atmosferani masofadan zondlash usullaridan foydalanish, masalan, GNSS signallari yordamida zilzila darakchilarini baholash va tog'li hududlardagi tabiat hodisalarini o'rganish bo'yicha ma'ruzalar qildilar.


Y.A. Tillayevning Toshkent rasadxonasida astronomik kuzatishlarning rivojlanish tarixi haqida, S.P. Ilyasovning institut va muzey bo’ylab ekskursiyasi, shuningdek, institut hovlisida Quyosh dog'larini kuzatish va ularning N.V. Karachik tomonidan tushuntirishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Sovuqga qaramay, astronomiya fanining katta ishqibozlari astrografga, institutning eng mashhur teleskopiga tashrif buyurishdi, bu erda D.G. Semakov va I.M.Asfandiyarovlar uning yaratilish va faoliyat yuritish tarixi haqida katta qiziqish bilan gapirib berdilar. Seminar ishtirokchilari loyiha bo‘yicha o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va Astronomiya institutining barcha xodimlari bilan muloqotda bo‘lishdan cheksiz zavq oldilar.

Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti,