Halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida inhgichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.
Halqasimon Quyosh tutilishi
2019-yil 26-dekabrda kuzatilgan halqasimon Quyosh tutilishining to‘liq fazasi, Jafna, Shri-Lanka
Tutilish kattaligi (magnitudasi) – bu o‘lcham bilrligiga ega bo’lmagan kattalik bo‘lib, u to‘silayotgan jism diski diametrining qancha qismi to‘suvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0.0 dan 1.0 oralig‘ida o‘zgaradi va uning qiymatiga qarab tutilishi asosiy uchta qisman, halqasimon va to‘liq tutilish turlariga bo‘linadi.
Quyosh tutilish magnitudalarda ifodalanishi va manitudaga qarab turlarga ajratilishi.
Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va maslahatlar berib o‘tamiz. Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.
Optik qurilmalar - durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu ko‘zga zarar yetkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus Quyosh filtrlarini o‘rnatish kerak.
Quyosh tutilishini kuzatish bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar va tavsiyalar.
Quyosh tutilishini optik asboblar yordamida ma’lum bir ekranga proyeksiyalash orqali ham kuzatish mumkim. Lekin bu holat uzoq davom etsa optik asboblar quyosh nurini yiqib bergani uchun qizib ketishi ehtimoli katta hisoblanadi.
Quyosh tutilishini optik qurilmalar yordamida xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.
Quyosh tutilishini eng xavfsiz va qulay kuzatish usullardan biri bu karton qog‘ozda kichik tirqishli hosil qilib, Quyosh nurini ushbu tirqishdan o‘tkazib, ikkinchi karton qog‘ozga (ekran) proyeksiyalashdir.
Quyosh tutilishini oson va xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
https://eclipse.gsfc.nasa.gov/SEgoogle/SEgoogle2001/SE2020Jun21Agoogle.html
https://www.timeanddate.com/eclipse/solar/2020-june-21
Tayyorlagan:
O‘zR FA Astronomiya Instituti
kichik ilmiy xodimi Matekov Azizbek
Tel: 91-384-31-44
|