Shu yilning 25-oktabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin.
Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82% to‘sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi
4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.
Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin (1-rasm).
1-rasm. Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar dunyo xaritasida.
O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi.
Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi (1-jadval).
Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.
Aholi yashash maskanlari
Tutilishning boshlanish vaqti
Tutilishning maksimum vaqti
Tutilishning tugash vaqti
Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*)
Tutilishning umumiy davomiyligi**
Toshkent
15:23
16:34
17:38
68% (0,75)
2 soat 4 daqiqa
Nukus
15:08
16:23
17:33
68% (0,75)
2 soat 25 daqiqa
Urganch
15:12
16:27
17:36
67% (0,74)
2 soat 24 daqiqa
Navoiy
15:15
16:29
17:36
68% (0,75)
2 soat 21 daqiqa
Buxoro
15:19
16:33
17:40
66% (0,73)
2 soat 20 daqiqa
Samarqand
15:22
16:35
17:41
66% (0,73)
2 soat 18 daqiqa
Qarshi
15:24
16:36
17:42
64% (0,72)
2 soat 18 daqiqa
Termez
15:29
16:40
17:41
62% (0,70)
2 soat 16 daqiqa
Jizzax
15:23
16:35
17:35
66% (0,73)
2 soat 17 daqiqa
Guliston
15:27
16:39
17:41
63% (0,70)
2 soat 16 daqiqa
Andijon
15:27
16:37
17:16
67% (0,74)
2 soat 13 daqiqa
Namangan
15:25
16:36
17:20
67% (0,74)
2 soat 14 daqiqa
Farg‘ona
15:27
16:37
17:19
66% (0,73)
2 soat 14 daqiqa
Qo‘qon
15:26
16:37
17:22
67% (0,74)
2 soat 14 daqiqa
Zomin
15:24
16:36
17:33
66% (0,73)
2 soat 16 daqiqa
1-jadval. O‘zbekistonning yirik aholi maskanlari uchun qisman Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari.
*Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to‘silgan qismi hisoblanadi.
**Quyoshning botishi tufayli tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi.
Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi.
Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da
Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi (2-jadval).
Tutilish fazalari
Foizda
Toshkent vaqti
Quyoshning gorizontdan balandligi
Boshlanishi
0%
25-oktabr 15:23
21°
Maksimumi
68%
25-oktabr 16:34
9°
Tugashi
0%
25-oktabr 17:27
0° (Quyosh botadi)
2-jadval. Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo‘yicha boshlanish vaqti
25-oktabr kuni quyosh tutilishining suratlari
25-oktabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatdi. Jumladan, yurtimiz aholisi 2 soatdan ko’proq vaqt mobaynida Quyosh tutilishining guvohi bo’lishdi. Oldin xabar berganimizdek, yurtimizning deyarli barcha hudularida Quyosh tutilishini kuzatish imkoniyati mavjud bo’ldi. Tulilish o’rtacha hisobda soat 15:20 dan 17:30 oralig’ida sodir bo’ldi. O’zbekistonda tutilishning maksimal fazasizda Quyosh yuzasining 68% Oy tomonidan to’sildi. Yurtimizning ko’pchilik hududlarida noqulay ob-havo hukm surganiga qaramastan, ayrim hududlar Quyosh tutilishining maksimal fazasini kuzatishga muvaffaq bo’lishdi. Yurtimizning Qoraqalpog’iston respublikasi hududi va Surxandaryo viloyati aholisi Quysh tutilishini kuzatishdi.
Quyosh tutilishi Nukus shahrida (Karinform saytidan olindi).
Quyosh tutilishi Nukus shahrida (Karinform saytidan olindi).
Quyosh tutilishi Nukus shahridagi Toshkent mexmonxonasi fonida (Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston respublikasi boshqarmasi).
Quyosh tutilishi kuzatuviga tayyorgarlik Nizomi nomidagi TDPU ilmiy-o’quv observatoriyasi. (TDPU Fizika-matematika fakulteti talabasi R. Matekov).
Qisman Quyosh tutilishi haqida qisqacha ma’lumot
Qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi.
Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to‘silishi bilan izohlanadi.
Qisman Quyosh tutilishi modeli
2020-yil 21-iyunda kuzatilgan halqasimon Quyosh tutilishi, Toshkent, O‘zbekiston.
Tutilish kattaligi (magnitudasi) – bu o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, u to‘silayotgan jism diski diametrining qancha
qismi to‘suvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0.0 dan 1.0 oralig‘ida o‘zgaradi va uning
qiymatiga qarab tutilishi asosiy uchta: qisman, halqasimon va to‘liq tutilish turlariga bo‘linadi.
Quyosh tutilishining magnitudalarda ifodalanishi va turlarga ajratilishi.
Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib o‘tamiz.
Quyosh tutilishini mahsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.
Optik qurilmalar: durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu ko‘zga zarar yetkazadi.
Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga, albatta, mahsus Quyosh filtrlarini o‘rnatish kerak.
Quyosh tutilishini kuzatish bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar va tavsiyalar.
Quyosh tutilishini optik asboblar yordamida ma’lum bir ekranga proyeksiyalash orqali ham kuzatish mumkim.
Lekin bu holat uzoq davom etsa optik asboblar quyosh nurini yig‘ib bergani uchun qizib ketish ehtimoli katta hisoblanadi.
Quyosh tutilishini optik qurilmalar yordamida xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar.