|                           
                                        
                                         
                                          | Меню ... |   
                                           |  |   
                                           |  |  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										  
										   
										   
                                           |  |   
                                           |  |   
                                           |  |   
                                           | Бизнинг манзил |   
                                           |  |   
                                           |  |  
					                      | Ўзбекистон, 100 052 Тошкент шаҳри
 Астрономия кўчаси, 33-уй
 Тел: +998 71 235-81-02
 Факс: +998 71 234-48-67
 E-mail: info@astrin.uz
 |   
                                           |  |   
                                           |  |   
                                           |  |   
                                           |   |   
                                           |   |   
                                           |   |  |  |                                                                                    
                     
                      | Bugungi Oy tutilishi haqida |   
                      |  |   
                      |  |   
                      | 28-dan 29-oktabrga o’tar kechasi qisman Oy tutilishi guvohi bo‘lamiz. Toshkentda va respublikamizning barcha aholi punktlarida 28-oktabr kuni kechasi soat 23:01 dan boshlab Oy tutilishini kuzatish mumkin bo’ladi. Bu jarayon 4 soat u 25 daqiqa davom etadi va 29-oktyabr 03:26 da tugaydi. 
 Bu paytda Yer Quyosh va Oy o‘rtasida bo’ladi va Yerning Oy yuzasiga tushadigan soyasi ikki xil bo‘ladi: yarimsoya (ing.: penumbra) va soya (umbra).
 
 
 28-oktabr kuni kechasi soat 23:01da Oy sirtiga yarimsoya tusha boshlaydi. Uni oddiy ko’z bilan ajratish mushkul, deyarli ko’rinmaydi. 29 oktabr soat 00:34 dan boshlab Oy sirtiga soya tusha boshlaydi – Oy gardishining cheti qizara boshlaydi. Soat 01:14 da maksimum tutilish kuzatiladi, bunda Oy diametrining 12 foizi soya bilan qoplanadi. Soya Oy yuzini soat 01:53 da to’liq tark etadi. Yarim soyali tutilish esa 03:26 gacha davom etadi. Bu vaqtda Yerdan Oygacha masofa 364 ming km (o‘rtacha masofa 384 ming km) ni tashkil etadi.
 
 
 Agar Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida ob-havo ochiq va bulutsiz osmon bo‘lsa, qisman Oy tutilishini kuzatish mumkin bo‘ladi.
 |  |