Tez orada O’zbekiston aholisi navbatdagi noyob astronomik hodisani kuzatishi mumkin – 2021 yil 10 iyun kuni halqasimon Quyosh tutilishini sodir bo’ladi. Bu Quyosh tutilishi 2021 yildagi O’zbekiston aholisi uchun kuzatish mumkin bo’lgan birinchi tutilish hisoblanadi.
Ushbu Quyosh tutilishini O’zbekiston hududidan kuzatilganda, Oy Quyosh yuzasining juda kichik qisminigina to’sadi, ya’ni faqat qisman Quyosh tutilishini kuzatish mumkin. Quyidagi jadvalda O’zbekiston aholi punktlari uchun tutilish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Aholi yashash punktlari
|
Tutilishning boshlanish vaqti
|
Tutilishning maksimum vaqti
|
Tutilishning tugash vaqti
|
Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*)
|
Tutilishning umumiy davomiyligi
|
Toshkent
|
16:58
|
17:26
|
17:53
|
7%
|
55 daqiqa
|
Nukus
|
16:57
|
17:16
|
17:35
|
3%
|
38 daqiqa
|
Urganch
|
17:12
|
17:20
|
17:27
|
4%
|
14 daqiqa
|
Navoiy
|
17:16
|
17:26
|
17:35
|
7%
|
19 daqiqa
|
Buxoro
|
Quyosh tutilishi ko’rinmaydi
|
Samarqand
|
17:16
|
17:28
|
17:39
|
1%
|
22 daqiqa
|
Qarshi
|
Quyosh tutilishi ko’rinmaydi
|
Termez
|
Quyosh tutilishi ko’rinmaydi
|
Jizzax
|
17:09
|
17:27
|
17:45
|
3%
|
36 daqiqa
|
Guliston
|
17:02
|
17:27
|
17:51
|
5%
|
49 daqiqa
|
Andijon
|
16:58
|
17:28
|
17:57
|
8%
|
59 daqiqa
|
Namangan
|
16:57
|
17:28
|
17:57
|
8%
|
59 daqiqa
|
Farg‘ona
|
17:01
|
17:29
|
17:55
|
7%
|
54 daqiqa
|
Qo‘qon
|
17:01
|
17:28
|
17:54
|
7%
|
53 daqiqa
|
Zomin
|
17:09
|
17:28
|
17:46
|
3%
|
37 daqiqa
|
O‘zbekistonning yirik aholi punktlari uchun Halqasimon Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari.
*Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to’silgan qismi hisoblanadi.
|
Toshkent shahrida Quyosh tutilishining eng katta fazasida Oyning Quyosh yuzasini to’sishi
Ushbu tutilish Halqasimon Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida (Kanada, Grenlandiya va Rossiya uzoq sharqida) Quyosh yuzasining 94,3 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 3 minut 51 sekundga teng bo‘ladi.
Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar dunyo xaritasida.
Ushbu astronomik hodisani Rossiya, Kanada, Mo’g’iliston va Grenlandiya orollarida to’liq tutilishni kuzatish mumkin.
Shuningdek Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlarida qisman Quyosh tutilishini kuzatish mumkin.
|