C/2019 Y4 kometasining bo‘laklari, 2020-yilning aprelida Habbl kosmik teleskopi yordamida olingan tasviri.
Tasvirda ikkita katta (A va B) va xiraroq (C va D) bo‘laklarni ko‘rish mumkin. Bu vaqtda kometa Quyoshdan 1.10 a.b. da Yerdan esa 0.98 a.b. masofada joylashgan.
C/2019 Y4 (ATLAS) kometasi – uzoq davrli kometa hisoblanib, bu kometa 2019-yilning 28-dekabrida Yer sayyorasiga havfli osmon jismlarini qidirib topishga mo‘ljallangan (ATLAS - Asteroid Terrestial Last Alert System) avtomatlashgan kuzatuv tizimi yordamida topilgan. Uning Quyosh atrofida aylanish davri 5476 yilni tashkil qiladi. Afeliy nuqtasi (osmon jismi orbitasining quyoshdan eng uzoq nuqtasi) Quyoshdan 621.1 a.b. masofada joylashgan bo‘lib, orbitasining katta yarim o‘qi 310.7 a.b. ni, eksentrisiteti esa 0.999236 ga teng, orbita qiyaligi 45.38° darajani tashkil qiladi. Kometa perigeliy nuqtasidan (osmon jismi orbitasining quyoshga eng yaqin nuqtasi) 2020-yilning 31-may kuni o‘tadi. Bu vaqtda u Quyoshdan 0.2528 a.b. uzoqlikda bo‘lib, Quyoshga eng yaqin sayyora Merkuriy orbitasidan ham yaqinroq masofada bo‘ladi. Kometa Yerga eng yaqin kelish masofasi 2020-yilning 23-may kuniga to‘g‘ri kelib, bu vaqtda kometa Yerdan uzoqligi 0.781 a.b. ni tashkil qiladi.
C/2019 Y4 (ATLAS) kometasi topilgan paytda uning ko‘rinma yulduz kattaligi +19.63 va Absolyut yulduz kattaligi esa +15.3 ga teng edi. Kometa Jirafa va Persey yulduz turkumlari hududidan o‘tkanda ko‘rinma yulduz kattaligi +6 ga yetadi (inson qurollanmagan ko‘z bilan qorong‘u osmonda +6m gacha ko‘rinma yulduz kattaligiga ega yulduzlarni ko‘rishi mumkin). Ferval va mart oylaridagi kuzatuv natijalariga muvofiq kometa o‘z orbitasining perigeliy nuqtasiga yaqinlashgan sari uning yorqinligi sutkasiga 0.25m ko‘rinma yulduz kattaligiga ortib boryatgan edi. Olimlar kometaning yorqinligi shu zaylda ortib borsa, perigeliy nuqtasiga yetganda uning yorqinligi -11.7m ko‘rinma yulduz kattaligiga yetishi va bunday yorqinlikga ega osmon jismini nafaqat tunda, hattoki kundizi ham kuzatish imkoniyati tug‘ilishini takidlashgan edi. Solishtirish uchun to‘lin Oy -12.6m ko‘rinma yulduz kattaligiga ega. Demak bu kometa perigeliy nuqtasiga yetganda to‘lin Oy yorqinligiga teng yorqinlik tarqatishi mumkin.
Visualization of Comet ATLAS (C/2019 Y4) Orbit
Biroq afsuski, C/2019 Y4 (ATLAS) kometasi kutilgan darajada yorqinlik tarqtmasligi mumkin. Chunki aprel va may oylaridagi kuzatuv natijalariga muvofiq 2020-yilning 30-martdan 3-aprel kunlari oralig‘ida kometaning yorqinligi 2 ko‘rinma yulduz kattaligiga kamayib ketganligini ma’lum bo‘ldi. Tsinziyan observatoriyasi Ningbo Education (Xitoy), bosshchiligidagi kuzatuv dasturi doirasida 60-sm teleskopi yordamida 6-aprelda olingan natijalarga asoslanib C/2019 Y4 (ATLAS) kometasining defragmentatsiyaga (bo‘laklarga ajralishi) uchraganligi haqidagi xabar The Astronomer’s Telegram (tezkor astronomik xabarlarni e’lon qiluvchi maxsus web-nashr) web-sahifasida e’lon qilingan
[http://www.astronomerstelegram.org/?read=13620]. Kuzatuvlarning 5-apreldagi natijalari tasvir yadrosining o‘zgarishi ko‘rsatdi, bunday o‘zgarish kometaning defragmentatsiyaga (bo‘laklarga ajralishi) uchraganligidan dalolat beradi.
Tasvirda 2-5-aprel kunlar oralig‘idagi o‘zgarish ifodalangan
. C/2019 Y4 (ATLAS) kometasining tasviri, Tsinziyan observatoriyasi Ningbo Education (Xitoy) 60-sm teleskopi yordamida olingan.
Tasvirlarda kometa yadrosining uch yoy sekunga uzayganligi, dum o‘qi bo‘ylab tekislanganligini va morfologiyasini, changning paydo bo‘lishining to‘satdan
kamayishi yoki umuman to‘qtashi, huddi yadro bo‘laklanishi holatini kutilyotganligini ko‘rish mumkin.
Kometaning defragmentatsiyaga (bo‘laklarga ajralishi) uchraganligi haqidagi xabar asosida La Palma observatoriyasi astronomlari o‘zlarining Liverpool 2.0m teleskopi yordamida 1 va 5-apreldagi bajarilgan kuzatuv natijalari bilan solishtirdi va bu xabarni to‘g‘riligini tasdiqladi [http://www.astronomerstelegram.org/?read=13622].
Keyingi rasmlar Lulin observatoriyasining (Xitoy), 40-sm SLT (Super-Light Telescope) teleskopi yordamida 9-10 aprelda olingan va bir metrlik LОT (Lulin One-meter Telescope) teleskopi yordamida 12-aprelda olingan bo‘lib, ushbu tasvirlar astronomlarning kometaning defragmentatsi (bo‘laklarga ajralishi) haqidagi gumonini tasdiqladi. Kometa yadrosiga yaqin joylashgan va undan asta sekinlik bilan uzoqlashayotgan kami ikkita a’zoni ko‘rsatdi. Kometa yadrosi va a’zolari orasidagi masofa 3400 km va ikkala a’zoning o‘zara orasidagi masofa esa 1600 km tashkil qiladi [Link].
C/2019 Y4 (ATLAS) kometasining tasviri, Lulin observatoriyasining (Xitoy) 40-sm SLT (Super-Light Telescope)
teleskopi va bir metrlik LОT (Lulin One-meter Telescope) teleskopi yordamida olingan.
Tasvir 12-aprelda bir metrlik LОT (Lulin One-meter Telescope) teleskopi yordamida olingan va unda kamida ikkata a’zo (bo‘lak)ni aniq ko‘rsatilgan.
Habbl kosmik teleskopi yordamida 20-23-aprelda barajilgan kuzatuvlar C/2019 Y4 (ATLAS) kometasining defragmentatsiyasi (bo‘laklarga ajralishi) davom etayotganligini va kometa asosiy to‘rtta A dan D gacha harflar bilan belgilangan bo‘laklardan tashkil topganligini ko‘rsatdi. Shuningdek kuzatuv vaqtida faqat ikkita asosiy A va B a’zolari aniq ko‘ringanligi va ularning har bir yana 1 yoki 2 yorqin a’zodan va bir nechta nisbatan xiraroq a’zolardan tashkil topganligi aniqlangan. C va D bo‘laklari esa bir nechta xira va kichik bo‘lakchalarga aylanganga o‘xshaydi [Link].
C/2019 Y4 kometasining bo‘laklari, 2020-yilning aprelida Habbl kosmik teleskopi yordamida olingan tasviri.
Tasvirda ikkita katta (A va B) va xiraroq (C va D) bo‘laklarni ko‘rish mumkin. Bu vaqtda kometa Quyoshdan 1.10 a.b. da Yerdan esa 0.98 a.b. masofada joylashgan.
|