Menu ...
Bizning manzil
O’zbekiston, 100052
Toshkent shahri
Astronomiya ko’chasi, 33-uy
Tel: +998 71 235-81-02
Faks: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
HALQASIMON QUYOSH TUTILISHI 21-iyun 2020-yil
Shu yilning 21-iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.

Tutilish fazalari Dunyo vaqti
Qisman tutilishning boshlanishi 21-iyun 03:45:58
To‘liq tutilishning boshlanishi 21-iyun 04:47:45
Tutilishning maksimum qiymati 21-iyun 06:40:04
To‘liq tutilishning tugashi 21-iyun 08:32:17
Qisman tutilishning tugashi 21-iyun 09:34:01

Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar dunyo xaritasida.

Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakildagi Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.

Анимация хода затмения.

O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarida ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi. O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

Aholi yashash punktlari Tutilishning boshlanish vaqti Tutilishning maksimum vaqti Tutilishning tugash vaqti Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*) Tutilishning umumiy davomiyligi
Toshkent 10:01 11:24 12:51 51% (0,61) 2 soat 49 daqiqa
Nukus 09:56 11:08 12:27 39% (0,50) 2 soat 31 daqiqa
Urganch 09:54 11:09 12:30 42% (0,53) 2 soat 35 daqiqa
Navoiy 09:54 11:15 12:43 52% (0,61) 2 soat 48 daqiqa
Buxoro 09:52 11:13 12:40 52% (0,61) 2 soat 48 daqiqa
Samarqand 09:55 11:18 12:47 55% (0,64) 2 soat 52 daqiqa
Qarshi 09:51 11:14 12:44 56% (0,65) 2 soat 52 daqiqa
Termez 09:49 11:15 12:49 63% (0,71) 2 soat 59 daqiqa
Jizzax 09:57 11:20 12:49 54% (0,63) 2 soat 52 daqiqa
Guliston 09:58 11:22 12:50 54% (0,63) 2 soat 52 daqiqa
Andijon 10:04 11:29 12:59 55% (0,65) 2 soat 55 daqiqa
Namangan 10:03 11:28 12:57 54% (0,65) 2 soat 53 daqiqa
Farg‘ona 10:02 11:27 12:57 56% (0,65) 2 soat 53 daqiqa
Qo‘qon 10:01 11:26 12:56 56% (0,65) 2 soat 54 daqiqa
Zomin 09:57 11:21 12:50 55% (0,64) 2 soat 52 daqiqa
O‘zbekistonning yirik aholi punktlari uchun Halqasimon Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari. *Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to’silgan qismi hisoblanadi.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 51% ini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da Quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan bo‘lib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hudularida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.

Tutilish fazalari To‘silish foizda Toshkent vaqti Quyoshning gorizontdan balandligi
Qisman tutilishning boshlanishi 0% 21-iyun 10:01:48 55°
Tutilishning maksimum qiymati 51% 21-iyun 11:24:10 68°
Qisman tutilishning tugashi 0% 21-iyun 12:51:40 71°
Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo‘yicha boshlanish vaqti.
Halqasimon Quyosh tutilishi haqida qisqach ma’lumot
Halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida inhgichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.

Halqasimon Quyosh tutilishi
2019-yil 26-dekabrda kuzatilgan halqasimon Quyosh tutilishining to‘liq fazasi, Jafna, Shri-Lanka

Tutilish kattaligi (magnitudasi) – bu o‘lcham bilrligiga ega bo’lmagan kattalik bo‘lib, u to‘silayotgan jism diski diametrining qancha qismi to‘suvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0.0 dan 1.0 oralig‘ida o‘zgaradi va uning qiymatiga qarab tutilishi asosiy uchta qisman, halqasimon va to‘liq tutilish turlariga bo‘linadi.

Quyosh tutilish magnitudalarda ifodalanishi va manitudaga qarab turlarga ajratilishi.

Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va maslahatlar berib o‘tamiz. Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.

Optik qurilmalar - durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu ko‘zga zarar yetkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus Quyosh filtrlarini o‘rnatish kerak.

Quyosh tutilishini kuzatish bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar va tavsiyalar.

Quyosh tutilishini optik asboblar yordamida ma’lum bir ekranga proyeksiyalash orqali ham kuzatish mumkim. Lekin bu holat uzoq davom etsa optik asboblar quyosh nurini yiqib bergani uchun qizib ketishi ehtimoli katta hisoblanadi.

Quyosh tutilishini optik qurilmalar yordamida xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.

Quyosh tutilishini eng xavfsiz va qulay kuzatish usullardan biri bu karton qog‘ozda kichik tirqishli hosil qilib, Quyosh nurini ushbu tirqishdan o‘tkazib, ikkinchi karton qog‘ozga (ekran) proyeksiyalashdir.

Quyosh tutilishini oson va xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:
https://eclipse.gsfc.nasa.gov/SEgoogle/SEgoogle2001/SE2020Jun21Agoogle.html
https://www.timeanddate.com/eclipse/solar/2020-june-21
Tayyorlagan:
O‘zR FA Astronomiya Instituti
kichik ilmiy xodimi Matekov Azizbek
Tel: 91-384-31-44
Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti,