Menu ...
Bizning manzil
O’zbekiston, 100052
Toshkent shahri
Astronomiya ko’chasi, 33-uy
Tel: +998 71 235-81-02
Faks: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
Bugungi Oy tutilishi haqida
28-dan 29-oktabrga o’tar kechasi qisman Oy tutilishi guvohi bo‘lamiz. Toshkentda va respublikamizning barcha aholi punktlarida 28-oktabr kuni kechasi soat 23:01 dan boshlab Oy tutilishini kuzatish mumkin bo’ladi. Bu jarayon 4 soat u 25 daqiqa davom etadi va 29-oktyabr 03:26 da tugaydi.

Bu paytda Yer Quyosh va Oy o‘rtasida bo’ladi va Yerning Oy yuzasiga tushadigan soyasi ikki xil bo‘ladi: yarimsoya (ing.: penumbra) va soya (umbra).


28-oktabr kuni kechasi soat 23:01da Oy sirtiga yarimsoya tusha boshlaydi. Uni oddiy ko’z bilan ajratish mushkul, deyarli ko’rinmaydi. 29 oktabr soat 00:34 dan boshlab Oy sirtiga soya tusha boshlaydi – Oy gardishining cheti qizara boshlaydi. Soat 01:14 da maksimum tutilish kuzatiladi, bunda Oy diametrining 12 foizi soya bilan qoplanadi. Soya Oy yuzini soat 01:53 da to’liq tark etadi. Yarim soyali tutilish esa 03:26 gacha davom etadi. Bu vaqtda Yerdan Oygacha masofa 364 ming km (o‘rtacha masofa 384 ming km) ni tashkil etadi.


Agar Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida ob-havo ochiq va bulutsiz osmon bo‘lsa, qisman Oy tutilishini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti,